Buyuk shoir, g'azal mulkining sultoni hazrat mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan viloyatimizda turli kechalar, tadbirlar, navoiyxonliklar o'tkazib kelinmoqda.
Kimki bir ko`ngli buzuqning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka`ba vayron bo’lsa obod aylagay.
(Alisher Navoiy)
Shu munosabat bilan , bugun, 9-fevral kuni so`z mulkining sultoni mir Alisher Navoiyning 581 yillik tavallud ayyomi Andijon davlat universitetida ham keng nishonlanmoqda.
Tadbirni yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor A`zamjon Hamraqulov Shermuhammedovich buyuk shoir haqida iliq so`zlar bilan ochib berdi.
So`ng filologiya fakultetining dekani Bahodir Rahmonov Alisher Navoiy shaxsiyatini buyuk mutasavvuf olim,shoir, davlat arbobi, bir so`z bilan aytganda, komil inson sifatida ulug`lab, talaba-yoshlarga ko`plab qo`shimcha ma`lumotlar berib o`tdi.
“Navoiyga ehtirom”mavzusida bo`lib o`tgan kechamiz filologiya va san`atshunoslik fakultetining 1-va 3-bosqich talabalari faolligida chiroyli g`azal,kuy, qo`shiq va sahna asarlari bilan davom etdi.
Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar ham ulug` mutafakkir haqida o`z fikrlarini bildirib o`tdi.
Kechamiz so`nggida unda ishtirok etgan barcha qatnashchilar universitet ma`muriyati va kasaba uyushmasining tashakkurnoma va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI