Andijon Davlat
Universiteti
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMPYUTER INJINIRING FAKULTETI TALABALAR TURAR JOYIDA YASHOVCHI TALABA-QIZLAR O‘RTASIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
2022-02-09    869

2022-yil 8-fevral kuni universitet xotin-qizlar kengashi tomonidan Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniring fakultetining TTJda yashovchi talaba-qizlari o‘rtasida sog‘lom, ma’naviy-ma’rifiy muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat, kiyinish, muloqot va muomala madaniyati, odob-axloq hamda ichki-tartib qoidalariga intizomiga bag‘ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.


Dastlab, xotin-qizlar kengashi, fakultet rahbariyati va TTJ binosi mas’ullari hamroxligida talaba-qizlarga yashash uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi hamda faoliyat uchun zarur ko‘rsatma va maslahatlar berildi.

Ushbu davra suhbatida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Umidaxon Ahmedova, fakultet dekani Asilbek Medatov, dekan o‘rinbosari Maqsudbek Djo‘raboev, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Nigoraxon Saidova, tyutorlar va TTJ binosi bo‘yicha barcha mas’ullar hamda TTJda yashovchi talaba-qizlar ishtirok etdi. 


Davra suhbati davomida "Qizlarning kiyinish, muloqot va muomala madaniyati", "Salomlashish odoblari", "Odob-axloq qoidalari", "TTJning ichki tartib-qoidalari" mavzulari doirasida talaba-qizlar bilan fikr almashildi, zaruriy tavsiyalar berildi.

Talaba- qizlarni qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv, sport va kasb-xunar to‘garaklarini tashkil qilish uchun bildirilgan takliflar yuzasidan mas’ullar belgilanib, ijroga yo‘naltirildi.


Davra suhbati so‘nggida, talaba-qizlar xohish va takliflari hamda tavsiyalariga ko‘ra TTJ Kengashi raisi va a’zolari, qavatlar bo‘yicha mas’ullar ham tayinlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.