Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA YOSHLAR ORASIDA "GIYOHVANDLIKNING TARQALISHIGA QARSHI KURASHISH" MAVZUSIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2022-02-08    487

Joriy yilning 1-fevralidan 1-mart kuniga qadar Respublikamiz miqiyosida yoshlar o'rtasida "Giyohvandlik va OITS ga qarshi kurash" oyligi o'tkazilmoqda.

 Shu munosabati bilan bugun, 8-fevral kuni Andijon davlat universitetida Ichki ishlar vazirligi xodimi, viloyat narkomaniya dispetcheri va OITSga qarshi kurash markazi bosh shifokorlari, bosh imom xatibi, boshqa mas'ul xodimlar va tabalalar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Dastlab, uchrashuvdan so'z olgan Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimi Karimov Dilshodbek giyohvandlikning yoshlar o'rtasida tarqalishini oldini olish, ularni bu yo'lga kirib qolmasliklaridan saqlanishi va qonun oldida javobgarliklarini gapirib o'tdi.

So'ng Imom xatib Xayrullo domla Sulaymonov ham giyohvandlik nafaqat inson umrini xazon qilishi, balki dinimiz nuqtayi nazaridan ham bu noto'g'ri yo'l ekanligi haqida talaba-yoshlarga o'z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv davomida tibbiyot sohasi vakillari giyohvandlik va OITS kasalligining kelib chiqishi, tarqalishi va uni oldini olish bo'yicha yoshlarga tushunchalar berishdi.

Tadbir so'nggida talabalar o'zlari uchun muhim bo'lgan savollarga mas'ul xodimlar tomonidan kerakli javoblarni olishdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.