Andijon Davlat
Universiteti
CHET TILLARINI O'RGANISHNI YANA-DA TAKOMILLASHTIRISH BO'YICHA UNIVERSITETIMIZ TASHABBUSI
2022-02-08    1207

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi  “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi «O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi “Xorijiy tillarni o‘qitishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  312-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Andijon  universiteti chet tillar fakulteti fakultetlararo chet tillar (ijtimoiy va gumanitar fanlar) kafedrasi tashabbusi bilan xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish hamda ingliz tili fani o‘qitish tizimini yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning 11-fevral (juma) kuni Andijon tumanidagi 71-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida kafedra mudiri, PhD Sh.I.Shokirov sovrini  uchun ingliz tili fanidan fan olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

Kunning ikkinchi yarmida Andijon tumandagi umumta’lim maktablari ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun ingliz tili (ijtimoiy va gumanitar fanlar) kafedrasining professor-o‘qituvchlari tomonidan mahorat darslari o‘tishi ham rejalashtirilgan.

Andijon tumanidagi barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari hamda ingliz tili fani o‘qituvchilarini mazkur tadbirlarda (karantin tartib-qoidalariga rioya qilgan holda) faol ishtirok etishlariga chorlab qolamiz.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.