Barcha davrlarda inson qadri ulug‘langan davlatlar kuchli, qudratli va taraqqiy etgan. Bu davlatlarda adolat, ezgulik xukm surgan. Albatta, bunday davlatlarni buyuk adolatpesha hukmdorlar boshqargan. Ularning raxnamoligida millat, davlat unib yashnagan, ravnaq topgan va rivojlangan. O‘z o‘rnida bu davlatlarda ilm-fan o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqqan. Natijada dunyo beshigini tebratgan, buyuk renessansga sababchi bo‘lgan olimu ulamolar dunyoga kelgan va yashab ijod etgan.
Bizning ko‘plab ajdodlarimiz yuqoridagidek buyuk va adolatpesha bo‘lgan va ular boshchilik qilgan davlatlar rivojlangan. Ushbu rivojlangan davlatlarda buyuk renessansga sababchi bo‘lgan ko‘plab ajdodlarimiz yashab ijod etganlar. Yangi O‘zbekiston yoshlarining tomirlarida mana shunday insonlarning qoni oqmoqda.
Hozirgi kunda yangi O‘zbekistonda yuqoridagidek tarixni qaytarish vaqti keldi. Buyuk adolatpesha yurtboshi boshchiligida dunyoda uchunchi renessansni yuzaga keltirish davri keldi. Shu maqsadda yurtboshimiz tomonidan taklif etilgan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi O‘zbekistonni taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shuvchi mukammal yo‘ldir. Bu yo‘lda muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan Inson qadrini ulug‘lash eng oliy maqsad bo‘lmog‘i lozim. Zeroki, bu dunyoda amalga oshirilayotgan barcha ezgu ishlar insonni qadrlash va uni e’zozlash uchun qaratilgan bo‘lmog‘i lozim.
Albatta, bu borada ta’limning ro‘li o‘ta muhim hisoblanadi. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining to‘rtinchi “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” deb nomlangan qismi 34 ta maqsadni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bunda asosiy e’tibor ta’limga qaratilgan. 37-50-maqsadning ichida ta’lim uzluksiz ravishda ketma-ket rivojlantirib borilganini ko‘rishimiz mumkin. Bunda maktabgacha ta’limdan boshlab to oliy ta’limga qadar katta marralar olingan. Manashu ishlarni amalga oshirishda yoshlarga e’tibor ham chetta qolmagan.
Agar yoshlar yuqoridagi sharoitlardan keyin to‘g‘ri bilim, ta’lim-tarbiya olsalar ularning ongida kattalarni hurmat qilish va kichiklarni izzat qilish kabi qadriyatlarimiz mustahkam o‘rin egallaydi. Bunday yoshlar esa yurt kelajagi, davlat ravnaqi uchun muhtaram prezidentimizning ta’biri bilan aytganda o‘zini-o‘zi qiynab yashaydi va mehnat qiladi. Natijada bunday farzandlari bor yurt - tinch, farovon, osmoni musaffo bo‘lgan dunyodagi taraqqiy etgan davlat bo‘ladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI