Andijon Davlat
Universiteti
TARAQQIYOT STRATEGIYASI: YANGI MAQSADLAR, ISLOHOTLAR NATIJADORLIGINI BAHOLASHNING OPTIMAL TIZIMI
2022-02-03    1115

Inson shunday xilqatki, hamisha taraqqiyotga intilib yashashi bilan birga o‘zi tomonidan yaratilgan yangilik va qulayliklar vaqt o‘tgan sari uning ehtiyoj va maqsadlari amalga oshirilishiga yetarli bo‘lmay qoladi. Albatta bu butun dunyoda ro‘y berayotgan yangilanishlarning eng asosiy mezoni sanaladi.


Bu o‘rinda mamlakatimiz misolida o‘tgan yillarga nazar solib, anglashimiz mumkinki keng ko‘lamli islohotlarning guvohi bo‘ldik. Har bir sohadagi o‘zgarish, tatbiq etilgan boshqaruvning zamonaviy usul va shakllari, amaliyot, loyihalar, inson farovonligi va uning qadr-qimmatini oshirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarning barchasi amalda o‘z natijasini bera boshladi. Yillar davomida turli sohalarda nafaqat fuqarolarga qulaylik yaratildi balki xizmat ko‘rsatishning soddalashtirilgan va zamonaviy texnologiyalar asosida tadbiq etilayotgan jihatlari ommalashdi.

Endilikda boshqaruvning davlat-jamiyat-inson tamoyili o‘rniga, amalda inson-jamiyat va davlat tamoyiliga asoslangan yangi va demokratik mexanizmlarning joriy etilishi, aholining davlat boshqaruvida bevosita ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan mexanizmlarning joriy etilishi asosida yangidan-yangi kreativ yondashuvlarning bevosita ishtirokchisi sifatida yuksalishlar tendensiyasining kuzatuvchisi emas, aksincha ishtirokchisi sifatida yurtimizning har bir fuqarosi boshqaruvning faol a’zosiga aylanmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida xalq tomonidan berilgan vakolatlar asosida mamlakatimizning bevosita boshqaruviga mas’ul bo‘lgan muhtaram yurtboshimizning yangi boshqaruv va islohotlar strategiyasini ishlab chiqishga va uni amalda tadbiq etishga bo‘lgan shijoatini vujudga keltirdi.


Ya’nikim, davlatimiz rahbari o‘z vakolatlariga kirishgan dastlabki kunlardan boshlab, kelgusida amalga oshirishga qaratilgan tabir joiz bo‘lsa “Portlash efekti”ni vujudga keltira oladigan islohotlar zanjiri yaratuvchisiga aylandi.
2022-yil 28-yanvar kuni qabul qilingan PF-60-sonli “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tanishib chiqqan har bir shaxs shu kungacha Yurtboshimiz tomonidan bildirilgan taklif, amalga oshirilgan islohotlar tizimli ravishda aniq bir maqsadga yo‘naltirilganligi hamda kelgusida Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga poydevor asos sifatida xizmat qilishiga mo‘ljallab amalga oshirilganiga yana bir bor amin bo‘ladi.


Jumladan, taraqqiyot strategiyasining “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishida quyidagi maqsadlarning belgilanishi, ya’ni:


- Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish, bunda kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini 2022-yilda oshirish, shuningdek, 2022-yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash tartibini joriy etish, 2026-yilda qabul ko‘rsatkichini kamida 250 mingga yetkazish, davlat oliy ta’lim muassasalariga akademik va moliyaviy mustaqillik berish, shu jumladan ular tomonidan mehnatga haq to‘lash, xodimlar soni, to‘lov-kontrakt miqdori va ta’lim shaklini mustaqil belgilash amaliyotini yo‘lga qo‘yish, davlat oliy ta’lim muassasalarining tegishli huquq va vakolatlarini aniq belgilash, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish bilan birga natijadorligini oshirishga xizmat qiladi.


Shuningdek, 2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarining QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishi uchun maqsadli dasturni ishlab chiqish, 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini tanlash, salohiyati va o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, xalqaro reytinglarga kiritish bo‘yicha 5 yilga mo‘ljallangan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarini xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallashiga va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Taraqqiyot strategiyasining ushbu ustuvor yo‘nalishida belgilangan quyidagi maqsadlar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari ya’ni qariyb 100 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish.


2026-yilgacha nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari sonini kamida 50 taga yetkazish, 2022-yilda Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida kamida 1 tadan nodavlat oliy ta’lim tashkilotini tashkil etish orqali ularning jami sonini 34 taga yetkazish, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 ta nufuzli mahalliy va xorijiy oliygohlarning filiallarini hamda Toshkent viloyatida 5 ming nafar talabaga mo‘ljallangan Nurafshon davlat universitetini tashkil etish, Andijon viloyatida 4 ta xususiy oliygoh tashkil etish. Natijada hududdagi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrovini 23 foizdan 50 foizga yetkazish, Namanganda kelgusi 5 yilda 7 ta oliygoh tashkil etib, jami oliy o‘quv yurtlari soni 10 taga yetkazish, Samarqand shahrida 20 ming nafar talabaga mo‘ljallangan «Yoshlar shaharchasi»ni barpo etib, unda kamida 4 ta xorijiy universitetning filial va kampuslarini joylashtirish. Xorijiy davlatlarning yetakchi texnika universiteti bilan birgalikda Samarqand texnologiya universitetini tashkil etish, Urganch davlat universiteti qoshida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika markazi va jamg‘armasini, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali va uning qoshida Urganch boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatini tashkil etish. 2026-yilga qadar respublika hududlarida kamida 1 tadan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini tashkil etish orqali ularning sonini 50 taga yetkazish orqali esa iqtisodiyotimizning kelajagi ishonchli qo‘llarda bo‘lishini ta’minlashga erishiladi.

 

 

MADUMAROV TALANTBEK TOLIBJONOVICH
IJTIMOIY IQTISODIYOT FAKULTETI DEKANI, YURIDIK FANLAR DOKTORI, PROFESSOR
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.