Andijon Davlat
Universiteti
YANGI OʻZBEKISTONNING 2022-2026-YILLARGA MOʻLJALLANGAN TARAQQIYOT STRATEGIYASI
2022-02-01    1480

2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi 2017-2021-yillarga moʻljallangan harakatlar strategiyasining izchil mantiqiy davomi boʻlishi bilan birga, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida amalga oshirilishi lozim boʻlgan konseptual va tizimli islohotlar rivojlanish tedensiyalari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlari hamda prognozlarini ham qamrab olishi bilan qimmatlidir.

Taraqqiyot strategiyasida tanlab olingan 7 ta ustuvor yoʻnalish davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qambar olgan va ularning har biri inson qadrini ulugʻlash, xalq farovonligini oshirish, mamlakatning iqtisodiy qudratini yuksaltirishga qaratilgan. Ayniqsa, mahallaning “faol” modelini joriy etish, hududlarda birlamchi tibbiy xizmatini “Bir qadam” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyish, “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, davlat boshqaruvi organlarining “Davlat – inson uchun” tamoyili asosida hududiy masalalarni hal qilishdagi masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish kabi mamlakatning rivojlanishi va inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan muhim tamoyillar va dasturlar Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti uchun toʻgʻri va odilona yondashuvni belgilab beradi.

Taraqqiyot strategiyasida adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha 2022-yilgi davlat dasturi doirasi amalga oshirilishi belgilangan vazifalar ham bevosita inson qadri ulugʻlash hamda Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini taʼminlash hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarni yanada ishonchli va samarali taʼminlash maqsadini koʻzlaydi.

Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va maʼmuriy ishlar boʻyicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam koʻrsatish tartibi joriy etish; qarori, harakati (harakatsizligi) noqonuniy emasligini maʼmuriy sudda isbotlash majburiyatini, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning oʻziga yuklash tartibini taʼminlash; jazoni oʻtab boʻlgan fuqarolarn uchun “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimi yoʻlga qoʻyish kabi vazifalar bugungi kunda dolzarb boʻlib turgan muammoli masalalarni hal qilish bilan birga, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlari yaratilishiga asos boʻladi.

Bundan tashqari, aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadadi davlat xizmatlari qamrovi va tezkorligini oshirish, ularning koʻrsatilishida aholining barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olishga oid vazifalar ham Taraqqiyot strategiyasida oʻz aksini topgan. Xususan, fuqarolarga hujjatlarni berish va almashtirishda, shuningdek, oʻzaro bogʻliq davlat xizmatlarini murojaatni kutmasdan taklif etish amaliyoti yoʻlga qoʻyilayotganligi hamda “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan tugʻilganlik toʻgʻrisida va haydovchilik guvohnomalari, shahodatnoma va diplom kabi muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor qilinishi aholining turli sarsongarchilik va ovoragarchilikdan xalos qilish barobarida fuqarolarning turmush darajasini oshirishga ham xizmat qiladi.

 

Bir soʻz bilan aytganda, Taraqqiyot strategiyasi Yangi Oʻzbekistoning yuksalishi, aholi turmush darajasining oshishi va real daromadlarining koʻpayishi, inson qadrining ulugʻlanishi hamda fuqarolar uchun munosib hayot kechirish sharoitlarning yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi.

 

MADUMAROV TALANTBEK TOLIBJONOVICH
IJTIMOIY IQTISODIYOT FAKULTETI DEKANI, YURIDIK FANLAR DOKTORI, PROFESSOR
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.