Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI O’TKAZILDI
2021-12-20    449

Bugun, 20-dekabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Akramjon Yuldashev hamda o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov bilan birgalikda axborot texnologiyalari va kompyuter injineringgi fakulteti hamda maktabgacha ta’lim fakulteti bitiruvchi talaba-yoshlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuv erkin muloqot tarzida bo'lib o'tdi. Unda har ikkala fakultetning 250 ga yaqin bitiruvchi talabalari ishtirok etdilar.

Dastlab, Andijon davlat universiteti rektori A.Yuldashev bitiruvchi yoshlarga ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi haqida qisqacha tushunchalar berib o'tdi.

Bitiruvchi yoshlarni ishga joylashtirish masalasiga alohida e'tibor qaratish hamda ularning o'z mutaxassisligi bo'yicha yetuk kadr bo'lib yetishishiga ishonch bildirishini takror ta'kidladi.
Suhbat davomida bitiruvchi yoshlarni magistratura sohasiga o'qishga qabul qilish bo'yicha qabul kvotalari haqida so'z bordi. So'ngra o'quv ishlari bo'yicha prorektor R.Mullajonovning savollari bo'yicha qizg'in bahs yuritildi.

Yana ta'kidlab o'tish joizki suhbatda bitiruvchi yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga universitetimiz rektori A.Yuldashev tomonidan yetarlicha javob oldilar.

Uchrashuv barcha uchun foydali va samarli tarzda o'tkazildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.