Bugun, 18-dekabr kuni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev boshchiligida "Salomatlik uchun 5000 qadam" loyihasi tashkil etildi.
“Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida oʻtkazilgan marafondan koʻzlangan maqsad sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, yoshlarning salomatligini asrash, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdir. Ochiq havoda piyoda yurish kayfiyatni koʻtaradi, tushkunlikni yengishda yordam beradi.
Shuningdek, yurish jarayoni kreativ gʻoyalar tugʻilishiga ham turtki boʻladi. Sokinlik bilan, mushohada qilib piyoda yurish kishini koʻp narsalar haqida yaxshilab oʻylab olishga, hayotiy muammolarda eng toʻgʻri yoʻlni topishga undaydi.
Loyiha doirasida universitetimiz professor-o'qituvchilari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Ushbu loyiha so'nggida ishtirok etgan professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlarga universitet rektori Akramjon Yuldashev tomonidan kitoblar taqdim etildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI