Andijon Davlat
Universiteti
QOZON FEDERAL UNIVERSITETI BILAN QO'SHMA TA'LIM DASTURI IMZOLANDI
2021-12-18    673

Xabaringiz bor, Andijon davlat universiteti Qozon federal universiteti bilan ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik munosabatlarini izchil amalga oshirib kelmoqda.

Bugun, 18-dekabr kuni Andijon davlat universitetiga Qozon federal universitetidan ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida hamkorlik o'rnatish maqsadida pedagogika fanlari doktori, psixologiya universitetining direktor o’rinbosari Galimov Almaz Mirzanurovich tashrif buyurdi.

Tashrif chog’ida universitet rektori Akramjon Yuldashev va Galimov Almaz Mirzanurovich bilan bo'lib o'tgan suhbatda qo'shma ta'lim dasturini yo'lga qo'yish masalalar muhokama qilindi.

Tashrif buyurgan mehmonlar Andijonning mehmondo‘st xalqidan mamnunligini, ikki universitet o'rtasida uzoq yillar hamkorlik saqlanib qolishi va hamkorlik aloqalarini izchil ravishda rivojlanishidan manfaatdor ekanliklarini is'hor qildi.

Uchrashuv yakunida mehmonlarga universitet ma’muriyati tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Bunday sa'y-harakatlarimiz dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli va amaliy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash imkonini beradi. 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.