Yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni yurtga sadoqat, kasbga masʼuliyat bilan yondashishga undash maqsadida viloyatimizda 2021-yil 15-dekabrdan boshlab bir oy davomida “Vatanparvarlik oyligi” eʼlon qilinib, uning doirasida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Andijon davlat universiteti 2- boʻlimi muxandisi D.Kamalova hamda Andijon shahar Mudofaa ishlari boʻlimi xodimlari hamkorligida 45605-sonli harbiy qismda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” doirasida universitetimizning “Filologiya” fakultetida tahsil olayotgan bir guruh talabalar tyutorlari Xodjayeva Dilfuzaxon, Xojixonov Ilhomjon, Islomova Sevaraxonlar boshchiligida ushbu harbiy qismga tashrif buyurishdi.
Harbiy qismda talabalar askarlarning kundalik hayoti bilan tanishishda harbiy texnika, harbiy qurollar taktik-texnik tavsifi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishdi, hamda harbiy mashqlarni oʻtkazilishini kuzatishdi.
Talabalar koʻrgan va eshitganlaridan yaxshi taassurotlar olishdi, savollariga harbiy mutaxassislardan javoblar eshitib, kelajakda Vatanga xizmat qilish har bir fuqaroning burchi ekanligini yanada his qilib qaytdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI