Andijon Davlat
Universiteti
XORIJIY TILLARDA SEMINAR O’TKAZILDI
2018-02-09    7115

Bugungi kunda tillarni urganish va mukammal bilish zamon talablarining asosiysiga aylanib ulgurdi. Ammo undagi turli soxalarga doir terminlar,  iboralar nafakat suzlashish balki yozish amalietida xam muxim axamiyat kasb etadi. Shu sababdan bilimlarni kundan kun oshirish, uz ustida tinmay ishlash lozim.

Shularni inobatga olgan xolda Xalkaro loyixalar ishlab chikilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy Ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarorida belgilangandek Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashda, professional akademik o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish darajasini oshirish  muhim amaliy qadamdir.

Buyuk Britaniyadagi Lankaster Universitetining Tilshunoslik va Ingliz tili kafedrasi, Ijtimoiy Iktisodiy Ilmiy Izlanish Kengashi  (ESRC), Global Izlanish Fondi (GCRF), O‘zbekiston Ingliz tili o‘qituvchilar uyushmasi va, Andijon Davlat Universiteti, Xorijiy tillar fakultetining, Ingliz tili grammatikasi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan 3 kunlik qiziqarli seminar so‘zimizning yaqqol isbotidir.

Akademik yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish loyihasi doirasida fakultetning 40 nafar ingliz tili o‘qituvchilari malakali ustozlar Dilrabo Axmadalieva xamda Dilafruz Satimovalar tomonidan o‘qitildi.

Ushbu loyixa xakida so‘z borar ekan, Diana Mazgutova  va Tineke Brunfautlarning nomlarini qayd etish maqsadga muvofiq. Diana Mazgutova - O‘zbekistondagi professional akademik o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish darajasini oshirishga qaratilgan mazkur loyihaning  muallifi. Lankaster Universitetining Tilshunoslik va ingliz tili kafedrasida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.      Doktor  Diana Mazgutova Lingvistika Universitetida tilshunoslik va TESOL magistrlik darajasini olgan. Uning maslaxatchisi doktor Tineke Brunfautning, uning yordami va rahbarligi loyiha bilan www.aeim.co.uk veb saxifasi yaratilgan.

Tineke Brunfaut - Lankaster Universitetining Tilshunoslik va Ingliz tili kafedrasining katta o‘qituvchisi, shuningdek, ushbu loyihaning ustozi. Uning tadqiqotlari orasida ikkinchi tilni o‘rganish, o‘qitish va baholash kiradi. 2017- yilda u ikkinchi va xorijiy tillarni bilish darajasini diagnostika qilish bo‘yicha, shuningdek, 2015 yilda professional faoliyat va tilni baholash sohasidagi hissasi uchun TOEFLning taniqli yosh akademik mukofotini olgan.

Buyuk Britaniyadagi Lankaster Universiteti dunyodagi 8 ta yetakchi tadqiqot universitetlar ichida bittasi xisoblanadi, tadqiqotlar sifati va xajmiga qarab mablag‘ bilan ta’minlanadi. Loyixaga tuxtalsak, uning asosiy maqsadi qilib O‘zbekistondagi Ingliz tili o‘qituvchilarining Akademik yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish qo‘yilgan. Ilmiy tilda o‘qish va yozish malakasi universitet o‘qituvchilari uchun o‘z maqolalarini xalqaro miqyosda nashr ettirishda muxim xisoblanadi. Buning uchun ular nashr etish shartlari bilan tanish bo‘lishlari zarur. (to‘g‘ri adabiyotlarni tanlash, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ularning yevropa va halqaro standardalar bo‘yicha tuzilishi ko‘chirmakashlik va qanday uni bartaraf etish muammolarini yechish kabilar).    Talabalarning yozgan ishlarini taxlil qilish va yozgan ijodiy ishlarining yutuq va kamchiliklari xaqida to‘g‘ri va aniq izohlar berish til o‘qituvchilari uchun yana bir muammoli holat xisoblanadi. Bundan tashqari o‘qituvchilar talabalarning yozma ishlarini professional darajada baholay olish qobiliyatiga ega bo‘lishi, munosib fikr bildira olishlari orqali ulardagi xato-kamchliklarni anglashlarida yaqindan ko‘mak bo‘ladi.

Shuningdek, o‘qituvchilar uchun ingliz tili interaktiv veb-saytini yaratish orqali ularga muntazam malaka va ko‘nikmalarini oshirishga imkoniyat yaratish ishi yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chikildi. www.aeim.co.uk internetdagi veb sahifasi orqali talabalar va o‘qituvchilar o‘zlarining bilim ko‘nikmalarini oshirishlari mumkin.

3 kun davom etgan mashg‘ulotlar davomida kofe brek, tushlik ham tashkil qilindi. Barcha ishtirokchilar seminar so‘nggida sertifikat bilan taqdirlandilar.

Xurshidaxon A’ZAMJONOVA
Universitet xorijiy tillar fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.