Bugun, 17-dekabr kuni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev filologiya fakultetining bitiruvchi talaba-yoshlari bilan uchrashdi.
Unda fakultetning 300 ga yaqin talabalari bilan erkin suhbat qurildi, uchrashuv qizg’in munozaralarga boy tarzda o'tdi.
Muloqot davomida bitiruvchi talabalar universitet rektoriga o’zlarini qiziqtirgan savollarini, qiynayotgan muammolarini aytdilar. Berilgan barcha savollarga rektor tomonidan tegishli javoblar va maslahatlar berildi hamda muammolar ijobiy hal etildi.
Suhbat davomida rektor bitiruvchi yoshlarni ishga joylashtirish masalasiga alohida e'tibor qaratib, talabalarni o'z mutaxassisligi bo'yicha yetuk va mukammal kadr bo'lib yetishishiga ishonch bildirdi.
Bundan tashqari, talabalar suhbat chog'ida magistraturaga o'qishga qabul qilish bo'yicha qabul kvotalari, imtihonga tayyorgarlik ko‘rish va boshqa shu kabi muhim savollarga javob oldilar.
O’tkazilgan uchrashuv barcha bitiruvchi yoshlarda ijobiy taassurot qoldirdi va tegishli muammo-masalalar hal etildi. Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad to’liq amalga oshirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI