Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITET REKTORI CHET TILLAR FAKULTETINING BITIRUVCHI TALABA-YOSHLARI BILAN UCHRASHUV O’TKAZDI
2021-12-17    648

Bugun, 17-dekabr kunining ikkinchi qismida universitetimiz rektori Akramjon Yuldashev Chet tillari fakulteti bitiruvchi talabalari bilan muloqot o'tkazdi.

 

Uchrashuvda fakultetning 250 dan ortiq bitiruvchi yoshlari ishtirok etdi.

Muloqot erkin ruhda, qizg'in va munozaraga boy tarzda bo'lib o'tdi. Suhbat davomida bitiruvchilarni magistratura bosqichiga o'qishga qabul qilish tartiblari, asosiy ko‘rsatkichlar haqida ma'lumotlar hamda imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

Shuningdek, uchrashuvda bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo'yicha ham fikr almashildi. Universitet rektori talabalarga kerakli maslahatlar ham berdi.

Erkin ruhda o‘tgan uchrashuvda talabalar uchun muhim bo‘lgan savollarga batafsil javob berildi va talabalarning fikr va takliflari eshitildi.

 

Muloqot barcha uchun foydali va samarali tarzda o'tkazildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.