Andijon Davlat
Universiteti
QOZON FEDERAL UNIVERSITETI BILAN 3+1 QO'SHMA TA'LIM DASTURI IMZOLANDI
2021-12-16    558

Andijon davlat universitetida fan va ta'lim sohasida xalqaro aloqalar, universitetlararo hamkorlik munosabatlarini kengaytirish ishlari izchil amalga oshirilib kelinmoqda.



Bugun, 16-dekabr kuni Andijon davlat universitetiga Qozon federal universiteti nomidan , ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida hamkorlik o'rnatish maqsadida Pedagogika fanlari doktori Muhametshina Rezeda Failevna tashrif buyurdi.

Universitet rektori va o'quv ishlari bo'yicha prorektor bilan bo'lib o'tgan suhbatda qo'shma ta'lim dasturini yo'lga qo'yish, o'qish istagini bildirgan abituriеntlar uchun alohida rus tilini o'rgatuvchi online kurslar va maktablar ochish kabi masalalar o'rtaga qo'yildi.


Qozon universitetiga kirish va unda o'qish jarayonlari haqida bir qator tushunchalar berib o'tdi.

Agar, talaba shu qo'shma ta'limda o'qimoqchi bo'lsa ichki test topshirishi kerak bo'ladi, javoblar muvaffaqiyatli chiqsa chet davlatda bemalol o'qish va o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lib yetishish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.