Andijon Davlat
Universiteti
FAKULTETLARARO “REKTOR KO‘CHMA” KUBOGI UCHUN “QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR” TANLOVI DAVOM ETMOQDA
2021-12-16    703

Bugun, 16-dekabr kuni Andijon davlat universitetida Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Rektor ko’chma kubogi” uchun “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining navbatdagi yarim final soni o’tkazildi. 

 

Bellashuv avvalgi son baxsh etgan ko’tarinki kayfiyat taassurotlari bilan boshlandi.  Tanlovning ushbu sonida san’atshunoslik  fakultetining “Milliy art”, tarix fakultetining “Oligarxlar”, ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining “Iqtisod”, axborot-texnologiyalari va kompyuter injineringi fakultetining “Ideal”, filologiya fakultetining “Antivirus” jamoalari ishtirok etdilar.  Jamoalar “90 yoshing muborak, ADU” va “Musiqiy chiqish” shartlari asosida bellashdilar.

 

Tadbir davomida talabalar o‘zlarining quvnoqlik va zukkolik asosida tayyorlagan chiqishlarini tomoshabinlar va hakamlar e’tiboriga havola etdilar. Qiziqarli lahzalar va kayfiyatni ko’taruvchi hazillarga boy o’tgan qizg’in bahs so‘ngida final bosqichiga yo’llanmani qo‘lga kiritgan jamoalar nomlari e’lon qilindi.

Natijalarga ko‘ra, ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining “Iqtisod”, tarix fakultetining “Oligarxlar”, san’atshunoslik fakultetining “Milliy art” jamoalari final bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 

Eslatib o‘tamiz, bugun g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar finalda jismoniy madaniyat fakultetining “Olympic” va fizika-matematika fakultetining “Amakivachchalar” jamoalari bilan bellashadilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.