Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA "UCH AVLOD UCHRASHUVI" O’TKAZILDI
2021-12-16    598

Bugun, 16-dekabr kuni, Andijon davlat universitetida “Vatan aziz, burch muqaddas” nomli kitob taqdimoti hamda uch avlod uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda ushbu kitob muallifi Jo’rabek Rahmatov va uning ustozlari, kursdoshlari, shogirdlari, universitetimiz professor o’qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Dastlab tadbirni ochib berish uchun, so’zga filologiya fanlari nomzodi M.Saidxonov chiqdi va maktab hayoti, talabalik davrlari va unda ta’lim olgan shogirdlari haqida gapirib o’tdi.

 

Shundan so’ng universitetimizning professor olimlari R.Shamsutdinov, R.Zuhriddinov, A.Ismanovalar, vatanparvarlik, unga bo’lgan muhabbat, yoshlarga bo’lgan e’tibor, ta’lim tizimida yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida talaba-yoshlarga o’z fikrlarini bildirishdi.

 

“Vatan aziz, burch muqaddas” kitobining muallifi Jo’rabek Rahmatov ham ushbu kitob voqealari o’z hayoti asosida yozilgani, vatan ozodligi yo’lida juda ko’p qiyinchiliklarga duch kelgan askarlarimiz fidoyiliklari yoritilganini aytib o’tdi.

Tadbir so’ngida tarix fanlari doktori, professor Rustamjon Shamsutdinov Jo’rabek Rahmatov hamda tashrif buyurgan mehmonlarga o’zining qatag’on qurbonlari haqidagi kitoblar to’plamini sovg’a qildi.

Uchrashuv O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Halim Jo’rayevning barcha ishtirokchilarga yuqori kayfiyat baxsh etuvchi dilkash taronalari bilan yakunlandi.

 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.