Andijon Davlat
Universiteti
FAKULTETLARARO "REKTOR KO'CHMA" KUBOGI "QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR" TANLOVIGA START BERILDI
2021-12-15    455

Bugun, 15-dekabr Andijon davlat universitetida Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan "Rektor ko'chma" kubogi "Quvnoqlar va zukkolar" tanlovining yarim final bosqichiga start berildi.

Tanlov yuqori kayfiyatda ko'tarinkilik bilan boshlandi hamda universitetning fakultetlari o'rtasida qizg'in bellashuv tarzida bo'lib o'tdi.

Tanlovda 6 ta jamoa ishtirok etdi: Jismoniy madaniyat fakultetidan "Olimpic" jamoasi, Maktabgacha ta’lim fakultetidan "Remiks" jamoasi, Fizika-matematika fakultetidan "Amakivachchalar" jamoasi, Pedagogika fakultetidan "Yulduzlar" jamoasi hamda Tabiiy fanlar fakultetidan "Notabiiy" jamoasi o'zlarining faol chiqishlari bilan barcha tomoshabinlar qalbiga yuqori kayfiyat bag'ishladi.

Tadbir davomida musiqiy chiqishlar va ko'ngilochar tadbirlar bo'lib o'tdi. Barcha tadbirga yig'ilganlar, ayniqsa, talabalar ushbu tanlovdan estetik zavq oldi va madaniy hordiq chiqardi.

Tanlov shiddat bilan keskin tarzda bo'lib o'tdi va Jismoniy madaniyat fakultetining "Olimpic" jamoasi hamda fizika-matematika fakultetining "Amakivachchalar" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritib finalga yo'llanma oldi.

16-dekabr kuni soat 14:00 da qolgan fakultet jamoalarni ham yarim finalda kutib qolamiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.