Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA "SAN'ATIM SAODATIMDIR" DEB NOMLANGAN KONSERT DASTURI BO'LIB O'TDI
2021-12-14    583

San'at inson uchun zavq-shavq manbayi, uning hayotiga estetik zavq baxsh etadi.

 

Bugun,14-dekabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida San'atshunoslik fakultetining iqtidorli talabalari ishtirokida “San'atim saodatimdir”deb nomlangan konsert dasturi bo`lib o’tdi.

Ushbu konsert dasturida universitetimizning professor-o’qituvchilari, soha vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Orkestr musiqiy ta'lim kafedrasining katta o'qituvchisi M.Ergashev dirijorligi ostida jahon va o'zbek xalqlarining asrlar davomida o'lmas va eng sara asarlarini mahorat bilan ijro etdi.

 

Konsert dasturini boshlanishida “Yangi Toshkent” kuyi bilan barchaning e'tiborini tortgan ansambl tadbir so'nggiga qadar tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

 

Konsert yakunida barcha ishtirokchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.