Andijon Davlat
Universiteti
AMERIKALIK TALABALAR BILAN Z.M.BOBURNING HAYOTI VA IJODI HAQIDA UNIVERSITETIMIZNING TARIX FAKULTETI TALABALARI VEBINAR TASHKIL QILDI
2021-12-11    615

2021-yil 7-dekabr kuni Andijon davlat universiteti tarix fakulteti talabalari va AQShning Indiana, Michigan  universiteti talaba hamda aspirantlari ZOOM dasturi orqali buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida navbatdagi uchrashuv muloqoti bo’lib o’tdi. 

Uchrashuvni hozirda AQShning Shimoliy Djorjiya universitetida malaka oshirayotgan tarix fakulteti dekani R.Shamsutdinovning tashabbusi bilan tashkil qilindi. 

Vebinarni Indiana universitetining katta o‘qituvchisi, o‘zbek tili bo‘yicha mutaxassis Malik Xadjayev olib bordi. Amerikalik talaba va aspirantlar Mett Xulsteyn, Albert Kavallaro, Jek Suzuka, Kezi Edgarianlar o‘zbek tilida o‘zlarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha biz bilan savol-javob olib bordi. Ulug‘ shoh va shoir Boburning hayoti, uning Hindiston zaminiga yurishlari hamda adabiy merosi haqida o‘z mulohazalarimizni almashdik. Uchrashuv boshdan oxirigacha juda qizg‘in bo‘lib o‘tdi. Amerikalik talabalar o‘zbek tilida ravon suhbat qilishlari bizni quvontirdi va hayratga soldi. 

Ular, asosan, o‘zbek xalqining Boburga bo‘lgan munosabati, uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan inshootlar, haykallar, maskanlar haqida, bundan tashqari, universitetda tarix fakulteti talabalarining o‘qish jarayonlari bilan qiziqdi. Biz esa Amerikada tarix fanining o‘qish jarayonlari, AQSh talabalari orasida o‘zbek tilini ahamiyati va ularning kelajakdagi rejalari kabi bir necha mavzularda suhbatlashdik. Amerikalik talabalar o‘zbek tilida biz esa ingliz tilida suhbat olib bordik. Amerkalik talabalarni o‘zbek tilida ravon, xuddi o‘z ona tilidek so‘zlashlari o‘zbek tilini butun dunyoda qanday e’tibor berilayotganligini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik va benihoyat quvondik.

Kelgusida bunday uchrashuvlarni ko‘prok o‘tkazishga kelishib oldik.

Maxkamov Azizbek
Tarix fakulteti 2-kurs magistranti
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.