Bugun, 10-dekabr kuni Andijon davlat universitetida Farg‘ona vodiysi oliy ta'lim muassasalarining tyutorlari ishtirokidagi seminar-treningning ikkinchi kuni bo’lib o’tdi.
Ushbu seminar-trening ishtirokchilari a‘lo kayfiyat bilan katta majlislar zaliga yig'ildilar va universitet rektori Akramjon Yuldashev tomonidan o‘quv-treningda faol ishtirok etganliklari uchun sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Shundan so‘ng, tyutorlar "Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi" eksponatlari bilan tanishish uchun yo‘l oldilar. Muzeyda tarix fanlar doktori, professor Rustamjon Shamsutdinov shaxsan o’zlari boshchiligida El-yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko‘p yillik mashaqqatli kurashlarni haqqoniy va to'laqonli aks ettirgan muzeyga sayohat davomida mehmonlar Andijon tarixida bo‘lgan muhim voqealar va uning ozodligi yo'lida jonini fido qilgan insonlar hayoti bilan tanishdilar.
So‘ng barcha qatnashchilarga Rustamjon Shamsutdinov tomonidan yozilgan kitoblar estalik uchun sovg'a tariqasida taqdim etildi.
Andijonning shinam va bahavo joylarini mehmonlarga ko'rsatish maqsadida shahrimizdagi "Bog'i Bobur"ga Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha prorektor A'zamjon Hamraqulov bilan birgalikda sayohat uyushtirildi.
Shu bilan seminar-treningning ikkinchi kuni ham o‘z nihoyasiga yetdi. Mehmonlar katta taassurotlar bilan o‘z viloyatlariga qaytdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI