Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA “KORRUPSIYA-RIVOJLANISHIMIZGA TOʻSIQ” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI
2021-12-09    573

Ma’lumki, har bir jamiyatning yuksak taraqqiyotiga soya soladigan bir qancha omillar bor. Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bugun, 9-dekabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Ushbu davra suhbatida barcha Oliy ta’lim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshliqlari, universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Abdukarim Akbarov, ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani Talantbek Madumarov hamda IIB ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati katta inspektori O‘ktamov Javohirbek va bir qancha soha xodimlari ishtirok etdilar.

Shuningdek, ma’ruzachilar tomonidan korrupsiyaning tarixiy ildizlari va uning kelib chiqish sabablariga to‘xtalib o‘tildi hamda hozirgi kunda yurtimizda ushbu illatning oldini olish bo‘yicha barcha huquqiy asoslar yaratilgani ma’ruzachilar tomonidan e’tirof etildi.

Tashkil etilgan ushbu davra suhbatida qatnashganlar o'zlari uchun muhim va kerakli bo'lgan xulosalarni oldi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.