Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA ANDIJON, FARG'ONA HAMDA NAMANGAN VILOYATIDAGI OTM TYUTORLARI UCHUN SEMINAR-TRENING O’TKAZILDI
2021-12-09    713

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 26-martdagi "Ma'naviy va ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi qarori hamda Oliy va o’rta maxsus ta'lim vaziri A.Toshqulovning 12-noyabrdagi 476-sonli buyrug’i ijrosini amalga oshirish maqsadida bugun, 9-dekabr Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Farg’ona vodiysidagi oliy ta'lim muassasalarining tyutorlari (ta'lim-tarbiya maslahatchilari) ishtirokida seminar-trening bo’lib o’tdi.

2 kunga mo’ljallangan seminarni dastlab universitetning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha prorektor, filologiya fanlari nomzodi A.Hamraqulov ochib berdi hamda universitet rektorining tyutorlarga yo’llagan murojaatini o'qib eshittirdi.

Shundan so’ng, seminar-treningni Andijon davlat universiteti falsafa fanlar nomzodi A.Egamberdiyev so‘zga chiqib, yurtboshimizning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" kitobining mazmun-mohiyati, ilm-fan, ta'lim-tarbiya sohasida qilinayotgan islohotlar Uchinchi Renessansning muhim omili ekanligini, yoshlarimizning bo'sh vaqtlarini ijtimoiy-tarmoqlarda emas, axborot resurs markazlarida o'tkazishlari kerakligini ta'kidlab o'tdi.

Ushbu seminarda universitet o'quv ishlari bo'yicha prorektor R.Mullajonov Oliy ta'lim tizimidagi islohatlar, tyutorlik faoliyatlari, kredit-modul tizimida o'quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish bo'yicha fikrlarini aytib o'tdi.


 

Seminarga zoom dasturi orqali ishtirok etayotgan Chirchiq davlat pedagogika instituti prorektori B.Xusanov "Mahalla-oliy ta'lim muassasasi-oila" o'rtasida hamkorlik masalalariga to’xtaldi hamda seminar-treningda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o'zgarishlar, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar, talaba-yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish usullari va mexanizmlari, 5 tashabbus doirasida ishlash, talabalar turar joyida hamda ijarada istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitini o'rganish, tyutorlarning vazifalari ekanligi  borasida so'z bordi.

Shuningdek, universitetga tashrif buyurgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dekan o’rinbosari Sh.Egamberdiyev barcha oliy ta'lim muassasalarida tyutorlar faoliyati yo‘lga qo'yilganligi hamda ular talabaning ta'lim olishidagi muammolari, ularning yashash tarzi, ijaradagi xonadon egasi shaxsiyati, talaba xavfsizligini ta'minlanganlik holatini o‘rganmoqda.

 

Tashkil etilgan seminar-treningdan ko’zlangan maqsadlar amalga oshirildi. Tyutorlar o’zlarining vazifalarini yanada chuqurroq o’zlashtirdi. Shuningdek, tyutorning talabalar bilan individual va jamoaviy ishlashini tashkil etish mexanizmlari o’rganildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.