2021-yilning 6-dekabr kuni 2-sonli talabalar turar joyida universitet xotin qizlar kengashi raisi U.Ahmedova hamda Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor M.Mahkamov va soha mutaxassislari tomonidan universitetimiz talaba-qizlar o‘rtasida axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy tarmoqlar va internetdan samarali foydalanish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olganlar bugungi aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, globallashuv jarayonida inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan axborotlar, ularning salbiy oqibatlaridan yoshlarimizni himoya qilish haqida so‘z yuritdi.
Davra suhbatida axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan eng muhim vazifalar haqida so‘z borar ekan, bunda talaba-qizlarimizda axborot olish madaniyatini shakllantirish, xususan, internet tarmog‘idan foydalanganda madaniyat va axloq me’yorlariga rioya qilishni, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, internet tarmog‘iga axborotni joylashtirish, tarqatish, izlash, foydalanish kabi xususiyatlarni o‘z ichiga olgan axborot xavfsizligi va internet madaniyatini mukammal o‘zlashtirishlarini hamda bu boradagi tegishli huquqiy va tashkiliy tavsiyalarni yanada takomillashtirish lozimligi qayd etildi.
Tashkil etilgan uchrashuv davomida magistrantlar tomonidan unda ishtirok etgan talaba-qizlar zamonaviy dasturlash tillari, taqdimotlar tayyorlash, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, axborot texnologiyalari bo‘yicha zamonaviy bilimlarni egallashi uchun sharoit yaratish, qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, o‘z loyihalarini tayyorlash, ularning muammolari bilan muntazam ravishda shug‘ullanish, xususan, qiz bolalarni mustaqil hayotga tayyorlash, axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirishda doimiy suhbatlar olib borilishi foydali bo‘lishi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Davra suhbati davomida talabalar tegishli mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI