Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZGA YETAKCHI MATEMATIKLAR TASHRIFI
2021-12-02    673

Joriy yilning 1-2-dekabr kunlari Andijon davlat universiteti fizika-matemetika fakultetiga O’zRFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining ilmiy rahbari, direktorning ilm-fan bo’yicha o’rinbosari, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Butunjahon fanlar akademiyasi akademigi, davlat mukofoti sohibi, Stendfort universiteti tomonidan e’lon qilingan 2021-yilning eng salohiyatli top 2% olimlar ro’yxatida e’tirof etilgan yirik olim O’tkirbek Roziqov, O’zMU Algebra va funksional analiz kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Butunjahon fanlar akademiyasi akademigi, davlat mukofoti sohibi Bahromjon Omirov, O’zRFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Namangan viloyati bo’linmasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Butunjahon fanlar akademiyasining yosh azosi, davlat mukofoti sohibi Muzaffarjon Rahmatullayev, O’zRFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Namangan viloyati bo’linmasi bosh ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Farhodjon Arziqulov hamda O’zRFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Namangan viloyati bo’linmasi yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Rustamjon Hakimovlar tashrif buyurdilar.

Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad prezidentimizning matematika talimi va matematika fanlarini rivojlantirish chora-tadbirlari boyicha keyingi yillarda qabul qilgan ikkita muhim farmonlarida hamda soha xodimlari bilan o’tkazgan qator uchrashuvlarida belgilab bergan vazifalarining sohaning yetuk vakillari tomonidan ijrosi yuzasidan, xususan, markazdan olisda, viloyatlarda ham matematika talimi va matematika fanlarining rivojini parallel ravishda olib borish vazifasi yuzasidan iborat bolib, bunda asosiy e’tibor yoshlarni matematika fanlarini chuqur organish va hayotga tadbiq etishni bilishga qaratildi. O’tgan ikki kun davomida mehmonlar, talabalar, magistrlar, tayanch doktorantlar va kafedramiz o’qituvchilari bilan ilmiy suhbat, uchrashuv, seminar va ma’ruza tarzida amaliy ishlar olib bordilar. Tashrifning birinchi kuni professor O’tkirbek Roziqov “Matematika fanlarining zamonaviy dolzarb yonalishlari” mavzusida, professor Bahromjon Omirov esa “Nufuzli ilmiy jurnallar va ularga ilmiy maqolalar chop etish” mavzusida ma’ruza qildilar.

Ma’ruzalarda matematika, amaliy matematika hamda mexanika va matematik modellashtirish yo’nalishi iqtidorli talabalari, kafedraning barcha magistr va tayanch doktorantlari bundan tashqari kafedraning bir nechta  professor-oqituvchilari ishtirok etdilar. Tashrifning ikkinchi kuni esa professor O’tkirbek Roziqov “Matematikaning hayotga tadbiqlari” mavzusida ma’ruza qildi. Jumladan, ma’ruzada O’tkirbek Roziqov o’zining matematikaning tadbiqlariga bagishlangan hamda xorijda chop etilgan qo’llanmaga ham to’xtalib o’tdi va yig’ilganlarga mazkur kitoblarning elektron variantlari bilan tanishishlari uchun elektron ilovalar taqdim etdi. Boshqa tashrifchilar bu kuni ham magistrlar va tayanch doktorantlar bilan ilmiy suhbatlar o’tkazdi. Ushbu ikki kunlik tashrif barchada katta taassurot uyg’otdi. Tashrifning eng diqqatga sazovar natijalaridan biri tayanch doktoranturaga qabul qilingan 5 nafar yosh o’qituvchilarimizga tashrifchilarning ilmiy rahbarlik qilishga rozilik bildirganlari bo’ldi desak, aslo xato bo’lmaydi. Bundan tashqari, delegatsiya azolari bilan magistrlar tayyorlashda hamkorlik qilish boyicha ham kelishib olindi.

 

Shu o’rinda ta’kidlash joizki, mamlakatimiz dunyoning matematika fanlari rivojlangan markazlaridan biri hisoblanadi. Albatta, bunda davlatimiz rahbarining talimga, ilm-fanga, xususan, matematika fanlariga qaratayotgan e’tiborining o’rni beqiyos. Bu e’tiborlar natijasida respublikamizning deyarli barcha matematiklarining asosiy e’tiborlari hozirgi kunda o’zlarining ilmiy salohiyatlarini oshirishga qaratilgan desak, aslo mubolag’a bo’lmaydi. Hozirgi kunda nafaqat matematiklarda, balki barcha ilmiy yo’nalish vakillarida ilm-fan va talim-tarbiya bilan jiddiy shug’ullanishga katta motivatsiya uyg’ongan.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.