Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZNING 90 YILLIGIGA SOVG'A
2021-12-02    601

Joriy yilning 27-noyabr kuni O'zMU Differensial tenglamalar va matematik fizika kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori No'monjon Mamadaliyev Prezidentimizning beshta muhim tashabbuslari doirasida hamda metematika ta'limi va matematika fanlarini rivojlantirish chora-tadbirlari bo'yicha qabul qilgan ikkita muhim qarorolarida belgilangan vazifalarning ijrosini taminlash maqsadida, qolsversa Andijon davlat universitetining 90 yilligiga bag'ishlab, Matematika kafedrasi kutubxonasiga 100 dan ziyod turli yillarda chop etilgan va matematika fanlariga bag'ishlangan noyob kitoblarni sovg'a qildi.

Kafedra kutunxonasi Matematika kafedrasiga qarashli Atoqli olim, Akademik No'mon Yunusovich Satimov nomidagi doktorantlar xonasida tashkil etilgan. Ushbu  kutubxona No'mon Yunusovich Satimov, Akademik Abdulla Azamov, professor Mo'minjon To'htasinov va kafedra a'zolari tomonidan taqdim etilgan kitoblardan tashkil topgan. Endilikda kutubxonamiz Ustoz No'monjon Mamadaliyev sovg'a qilgan kitoblar bilan yanada boyidi. Ustoz No'monjon Mamadaliyev uzoq yillardan beri kafedramiz bilan uzviy ilmiy-pedagogik hamkorlik qilib keladilar. Kafedramiz qoshidagi magistraturada magistrlarga ta'lim berish bilan birga ularga ilmiy rahbarlik qilib, bir qanchasini kafedramizga mutaxassis qilib tayyorlab berdilar. Xozirda ham 2 nafar magistrga rahbalik qilib kelmoqdalar. Kafedramiz qoshidagi tayanch doktoranturada esa bir nafar yosh o'qituvchimizga ilmiy rahbarlik ham qilmoqdalar.

Ustozning universitetimizning 90 yilligi arafasida qilgan bu sovg'asidan kafedramizning barcha a'zolari birdek sevindilar va Ustozga o'z minnatdorligini bildirdilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.