Andijon Davlat
Universiteti
MAMLAKAT TARAQQIYOTIDA ILM-FAN VA TA'LIMNING MUHIM OMILI MUHOKAMA QILINDI
2021-12-05    2339

Joriy yilning 4-dekabr kuni Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining 90 yilligiga bag'ishlangan “Ilm-fan va ta'lim -mamlakat taraqqiyotining muhim omili” xalqaro ishtirok bilan Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.

Ushbu konferensiyada respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari, xalqaro hamkorlar universitetimiz ishchi-xodimlari va talabalar ishtirok etdi.

Anjumanga kelgan mehmonlarni universitetning dutorchi qizlari o'zgacha ohangda huzurbaxsh navolar bilan ko'tarinki kayfiyatda kutib oldi.



Anjumanni universitet rektori, biologiya fanlari doktori, professor Akramjon Sultonmurodovich Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda universitetining 90 yillik shonli tarixi va kelajak rejalarini o'z ma'ruzalari bilan boshlab berdi.

Shuningdek, anjumanni zoom platformasi orqali kuzatib borayotgan xalqaro hamkorlarimiz ham universitetning 90 yilligi munosabati bilan universitet rektorini va universitetning rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan barcha jonkuyar ustozlarni hamda ushbu anjumanda ishtirok etayotganlarni tabrikladi va kelgusidagi ilmiy faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan so‘ng, konferensiyada universitetda faoliyat olib borayotgan fizika fanlari doktori, akademik S.Zaynobiddinov, biologiya fanlari doktori, professor Asqarov, tarix fanlari doktori, professor, R.Shamsutdinov, filologiya fanlari doktori, professor M.Umarxodjayevlar ishtirok etib, o'zlarining ma'ruzalarida yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, kelgusida bundan-da yuksak cho'qqilarni zabt etishi kerakligini ko'p bora ta'kidladilar.

Tadbirning ikkinchi qismida esa ma'lum yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar ikkita sho'baga ajraldi.

1-sho'ba akademik S.Zaynobiddinov rahbarligida Aniq va tabiiy fanlar yo'nalishi vakillari bo'lib, universitetning kichik majlislar zalida bo'lib o'tdi. Qatnashuvchilar orasidan soha vakillari o'z yo'nalishida qilingan muhim tadqiqot va amaliy ishlar bilan tanishtirib o'tdi.

2-sho'ba yig'ilishi universitetning katta majlislar zalida professor R.Shamsutdinov raisligida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kesimida olib borildi. O'zbekiston tarixi kafedrasining 30 yilligi: "Kecha, bugun va ertaga" shiori ostida bo'lib o'tgan anjumanda tarix kafedrasi ustozlari o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.

Quvonarlisi shundaki, maktabgacha ta’lim fakulteti 2-bosqich talabalari ham o`z istiqbolli rejalari haqida qatnashuvchilarga o'z fikrlarini taqdim etdi.

Shuningdek, anjumanda universitetimizning 90 yilligi munosabati bilan ko'rgazma tashkil etildi va bu ko'rgazma kuzatuvchilarda ajoyib taassurot qoldirdi.

 

Anjuman yuqori kayfiyatda o'tkazildi. Unga kelgan barcha mehmonlar o'zlarining minnatdorchiligini bildirdi hamda bo'lib o'tgan anjuman haqida ijobiy fikrlar aytdilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.