Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA HOKIM YORDAMCHILARI VA MAHALLABAY ISHLASH MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN SEMINAR-TRENINGLAR O’TKAZILMOQDA
2021-12-03    587

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yildan boshlab, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida hududlarda hokim yordamchisi lavozimi joriy etilmoqda.

Oktabr-noyabr oylarida ushbu lavozimga tavsiya etilganlar orasida iqtisodiy bilim va ko‘p yillik ish tajribasiga ega nomzodlar tanlab olindi. Endi galdagi vazifa ularning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat. Ana shu maqsadda shahar va tumanlarda hokim yordamchilarini o‘qitish va salohiyatini oshirish bo‘yicha trenerlar maktabi tashkil etilmoqda.
30-noyabrdan boshlab, Andijon davlat universitetida hududiy trenerlarni tayyorlash bo‘yicha seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.


Unda respublika darajasidagi 15 nafar malakali trenerlar tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tinglovchilarga hokim yordamchilari va “Mahallabay ishlash markazi” xodimlarini mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha to‘planib qolgan muammolarni qanday hal etish, qanday mexanizm va vositalardan foydalanish kabi masalalarni yechish bo‘yicha o‘zlarining amaliy tavsiyalarini berishmoqda. Shuningdek, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish portreti ishlab chiqish zarurligi tushuntirilmoqda. Yangi joriy etilayotgan tizim aholining mahalladan chiqmay turib barcha davlat xizmatlaridan foydalangan holda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini yechishga qaratilgan.


Seminar mashg‘ulotlari ikki bosqichda o‘tkazilmoqda. Jumladan, birinchi bosqich dasturda belgilangan ma’ruzalar asosida olib borilmoqda. Ikkinchisida mavzu yuzasidan dars yakuni bo‘yicha eng muhim masalalar kest texnologiyasi asosida tushuntirilib, savol-javob shaklida tegishli xulosa yasalmoqda.
O‘quv kursi yakunida o‘tilgan mavzular bo‘yicha test savollariga to‘g‘ri javob bergan tinglovchilarga maxsus sertifikat topshiriladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.