Andijon Davlat
Universiteti
AQSHNING OGAYO UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
2021-12-02    579

Joriy yilning 13-24-noyabr kunlari Andijon davlat universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari AQSHda xizmat safarida bo‘lib qaytdilar.

Chet tillar fakulteti dekani, dotsent D.Rustamov, professor Sh.Shahobiddinova, dotsent F.Alimov hamda katta o‘qituvchi D.Axmadaliyevalar AQSHning Ogayo shtati, Afina shahrida joylashgan Ogayo universitetiga ta’limda ilg‘or metodlar – xususan, kredit-modul tizimi borasida tajriba almashish maqsadida safar qildilar.

Mehmonlarni Ogayo universiteti prezident Dr. Hugh Sherman (Hyu Sherman), prorektor Dr. Elizabeth Sayrs, dekan Dr. Florenz Plassmannlar qabul qilib, kelgusidagi hamkorlik borasida fikr almashdilar.

Safar davomida universitetimiz vakillari kredit-modul tizimi, darslarda ilg’or pedagogik uslublarni qo‘llash, karantin sharoitida talabalar faolligini oshirish, ularni bo‘sh vaqtini tashkil etish borasida ham ko’plab ma’lumot to‘plandi. Bu borada Ogayo universiteti professorlari J.Krzik, R.Chelenjer amaliy ko‘mak ko‘rsatishdi.

Tashrif doirasida Andijon davlat universiteti hamda Ogayo universiteti o‘rtasida hamkorlik to’grisida memorandum imzolandi. Shuningdek, tashrif doirasida YUNISEN – AQSh va Markaziy Osiyo oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va hamkorlik imkoniyatlarini ko‘paytirish bo’yicha Amerika Kengashi tomonidan taqdim etilgan loyihalar muhokama qilindi.

Ushbu loyiha doirasida olib borilgan onlayn mashg’ulotlarni davomi sifatida kelgusi 2022-yilning may oyida Andijonga Ogayo universitetining bir guruh professorlar tashrif buyurishi hamda dars mashg’ulotlari olib borishiga kelishib olindi. May oyida, shunigdek, xalqaro anjuman o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Safar davomida vakillarimiz nafaqat akademik va ilmiy balki, madaniy aloqalarni yo’lga qo’yishga ham harakat qildilar. Ular talabalar markazida O‘zbekiston va Andijon davlat universiteti taqdimotini o‘tkazdilar, do’stona kayfiyatda o’tgan taqdimotda milliy taomimiz palov hamda milliy shirinliklar tortilgan dasturxon yozildi. Andijon davlat universiteti “Ilmiy xabarnomasi”, hamda professor M.E.Umarxo‘jayevning “Qizil kitobga tushmas tuyg‘ular” asarlari jamoaga taqdim etildi.

Ma’lumot sifatida aytish mumkinki, Ogayo universitetiga 1804-yilda asos solingan bo’lib, hozirda 38 ming talaba tahsil oladi. Universitet QS xalqaro universitetlar reytingida TOP-100 talikka kirgan.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.