Andijon Davlat
Universiteti
“OCHIQ ESHIKLAR KUNI”
2021-12-02    833

 

Bugun, 2-dekabr kuni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan Andijon davlat universitetining huquqshunoslik yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalari uchun viloyat prokuraturasi binosida “Ochiq eshiklar kuni” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.

 

Tadbirda Andijon davlat universitetidan 80 nafar talaba-yoshlar ishtirok etib, ular viloyat prokuraturasi tarkibiy tarmoqlari faoliyati hamda ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

 

Shuningdek, talabalar bilan oʻtkazilgan qizgʻin suhbatda ularga prokuratura organlarining faoliyati va xodimlarga yaratilgan imkoniyatlar haqidagi video koʻrsatuv havola qilindi, hamda bu haqida tushunchalar berib oʻtildi.

 

Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga yetarli darajada javoblarni olib, kelgusida prokuratura organlarida ishlash istagini bildirganlarga kerakli tavsiyalar berib oʻtildi.

 

Tadbir yakunida talabalarga viloyat prokuraturasining sovgʻalari topshirildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.