Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA “KORRUPSIYA - RIVOJLANISHIMIZGA TO'SIQ” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO'LIB O'TDI
2021-12-01    866

Bugun, 1-dekabr kuni Andijon davlat universitetida 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan eʼlon qilingan “AKSILKORRUPSIYA xaftaligi” doirasida  “Korrupsiya - rivojlanishimizga toʻsiq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Muloqotga oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan talabalar taklif etildilar.

Uchrashuvda viloyat sudi raisi Tal’atjon Meliboev, sudyalar Ilhomjon Sotvoldiev, Gulnoraxon Asranovalar korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi inson huquqlari buzilishiga olib kelishi, mamlakatda hayot sifatini yomonlashtirishi, odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib berishi haqida bir qator hayotiy misollar asosida so‘z yuritdilar.

Albatta, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash jarayonida yoshlarning o‘rni juda muhim. Zotan, bugungi talaba ertaga kadr sifatida jamiyatga yangi nafas bilan kirib kelar ekan, o‘zining bilim va shijoati bilan taraqqiyotga hissa qo‘shishi barobarida salbiy illatlarga qarshi turishda ijtimoiy faol bo‘lishi ham zarur.

Tadbirda tamagirlik va poraxo‘rlik ortidan nainki o‘zgalar, balki o‘z hayotini, farzandlarining kelajagini barbod qilgan kishilarning achchiq qismatidan hikoya qiluvchi videoroliklar namoyish etildi.

Muloqotda talabalar sudyalardan o‘zlarini qiziqtirgan qator savollarga javob oldilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.