Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA "TASAVVUF AXLOQI-XALQ UCHUN IBRAT VA NAMUNA" SHIORI OSTIDA KO'RIK-TANLOV O’TKAZILDI
2021-12-01    914

Joriy yilning 30-noyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida tarix fakulteti O’zbekiston tarixi kafedrasi katta o’qituvchisi M.Radjapova tashabbusi bilan "Tasavvuf axloqi-xalq uchun ibrat va namuna"shiori ostida ko'rik-tanlov bo'lib o'tdi.

Ushbu tanlov fakultetning 3-bosqich talabalaridan yig`ilgan 4ta jamoa o`rtasida ko`rik-tanlov tarzida o`tkazildi. 1-jamoa "Irfon", 2-jamoa "Furqon",3-jamoa "Juvonmardlar", 4-jamoa "Naqshbandiy izdoshlari" nomlari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirda guruhlar 4ta shart asosida bellashdilar:

1-shart-Tanishtiruv

2-shart-Savol-javob

3-shart-Teatrlashgan sahna ko'rinishi

4-shart-Tezkor savol-javob

Tadbirning asosiy maqsadi muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug' allomalar, aziz avliyolar vatani bo'lib kelganini talabalarga keng targ'ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g'oyalar ruhida tarbiyalash.

Shartlar davomida jamoalar "Sharq allomalarining ilmiy merosi" fanidan olgan bilimlarini sarhisob qildilar va Islom dini ulamolari, obid orif, olim, mutasavvuflar hayotidan qisqa  sahna ko'rinishlari namoyish etdilar.

 

Tadbir asosan "Sharq allomalari ilmiy merosi" fanidan olgan bilimlarini sarhisob qilish maqsadida hamda juda ko'p tasavvuf mavzusiga oid kitoblar muallifi, olim, ulamo, ta'bir joiz bo'lsa  uchinchi Renessans namoyondasi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Xazratlarining yorqin xotirasiga bag'ishlanadi.

Xulosa qilib aytganda, tadbir juda ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan barcha qatnashchilarmiz Iymon, Islom, muqaddas kitobimiz Qur'oni Karim haqida o'z bilimlarini boyitdilar.

Tadbir so’nggida so’z olgan din ulamosi Sayid Muhiyiddin Maxdum madrasa mudarrisi olim, ulamo  Muhammadkarim domla Iboyev mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida ma'naviy merosimizga yangicha yondashish tufayli tasavvuf allomalariga bo‘lgan e'tibor katta bo‘layotganini bildirdi. Endilikda ularning ilmiy-ma'rifiy meroslarini o‘rganish, hayotga tatbiq etish ulkan ijobiy natijalar berishini alohida ta'kidladi.

Ko'rik-tanlov so'nggida faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga universitetimiz Kasaba uyushmasi tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovg'alar hamda ustoz Marg'uba Radjapovaning maxsus sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.