Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA OTMLARI REYTINGI HAMDA INDIKATORLARI BO’YICHA OʻQUV-SEMINAR O’TKAZILDI
2021-11-29    484

Joriy yilning 26-noyabr kuni Andijon davlat universitetining Kichik majlislar zalida universitetning taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi tashabbusi bilan “Andijon davlat universitetining 2020-yildagi faoliyati uchun eʼlon qilingan reyting natijalari hamda 2021-yildagi faoliyati boʻyicha reyting indikatorlari va ilovalarini yigʻish” yuzasida oʻquv-seminar bo’lib o’tdi. 

Ushbu oʻquv seminarga universitetdagi fakultet taʼlim sifati komissiya raislari, aʼzolari hamda kafedradan reyting indikatorlarini yigʻishga masʼul boʻlgan professor-oʻqituvchilar taklif qilindi.

Oʻquv-seminar davomida qatnashchilarga universitetning Oʻquv-uslubiy boshqarmasi, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi, talabalar amaliyoti va marketing boʻlimi, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, xalqaro aloqalar boʻlimi va boshqa masʼul boʻlimlar tomonidan reyting indikatorlari boʻyicha natijalarga erishish, uning samaradorligini oshirish va asoslarini yigʻish boʻyicha tegishli tushuncha va maʼlumotlar berildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.