Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA “MILLIY QADIRYATLAR - MILLAT IFTIXORI” SHIORI OSTIDA TADBIR O’TKAZILDI
2021-11-27    792

Joriy yilning 26-noyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida filologiya fakultetining tyutorlari Zulayxo Uzoqova hamda Muxayyo Tojiboyeva tashabbuslari bilan "Milliy qadriyatlar-millat iftixori"deb nomlangan ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.


Dastlab,tadbirni universitetimiz Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig’i D.Abidova ochib berdi. Shundan so’ng tadbirni filologiya fakultetining 2-3-bosqich talaba-qizlari o'zlarining bir-biridan ajoyib chiqishlari bilan bayramga shukux baxsh etdilar.


Ushbu tadbir ajoyib sahna ko’rinishlari-yu, kuy-qo’shiqlar bilan qatnashchilar va tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi. Eng ahamiyatlisi, qizlarimiz go'zal milliy liboslarda, milliy qo‘shiqlarimizni ijro etgani kayfiyatni ko'tardi. Chunki millatning asl yuzi milliy kiyimlardir. Ushbu bayramda ikkala jamoa talaba-qizlari ham teng hisobda g'alaba qozondilar.
Shundan so’ng filologiya fakultet o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari K.Shahobov tadbir qatnashchilariga kelajakdagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilab, faol ishtirok etgan talaba-qizlarga universitet ma‘muriyati tomonidan faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg’alarni topshirdi.


Tadbirimiz so'nggida noan’anaviy tarzda "Ishonch"savdo markazidan kelgan mehmonlar ishtirokchi qizlarga va tadbir tomoshabinlarga kutilmagan sovg‘alarni taqdim etdilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.