Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA 1-DEKABR - “XALQARO OITSGA QARSHI KURASH KUNI” MUNOSABATI BILAN TADBIR BO’LIB O’TDI
2021-11-25    1303

1-dekabr — “Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan joriy yilning 25-noyabr kuni Andijon davlat universiteti tibbiyot xodimlari, Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazi va Giyohvandlikka qarshi kurash markazi mutaxassislari bilan talabalar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘z olgan tibbiyot xodimlari talabalarga OITS va OIV kasalligi va uni yuqtirib olmaslik chora tadbirlari haqida bir qator tushunchalar berib o'tishdi. Giyohvandlikka qarshi kurashish markazi mutaxassisi Adilova Hamidaxon yoshlar o'rtasida tarqalayotgan bu illatdan qanday saqlanish yo‘llarini va unga butun jamiyat qarshi tursagina sog'lom avlodlar yetishib chiqishini aytib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan kerakli javob oldilar.

Shundan so‘ng, universitetning “Universal” jamoasi talabalar hayotini aks ettiruvchi hazil va mutoyibaga boy chiqishlari bilan tadbir qatnashchilariga yuqori kayfiyat ulashdilar.

Ushbu tadbir barcha qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi. OITS markazi tomonidan talabalarga bukletlar tarqatildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.