Bugun, 23-noyabr kuni Andijon davlat universiteti hamda Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan “Vatanparvar” tashkiloti, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5148-sonli qarori ijrosini ta’minlash talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Andijon shahridagi universitet ko‘chasida “5000 qadam” yurildi.
Unda Andijon davlat universiteti va universitetining Pedagogika instituti talabalari bilan birgalikda Pedagogika instituti direktori Baxtiyorjon Rasulov, fakultet dekanlari, tyutorlar hamda jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.
Dastlab, aksiya ishtirokchilarining sog‘lom bo‘lishlari hamda chiniqishlari uchun jismoniy madaniyat fakulteti tyutorlari Dilnura Turg‘unova, Fotima To‘raqulovalar tomonidan badantarbiya mashg‘ulotlari olib borildi.
So‘ngra, Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti direktori Baxtiyor Rasulov boshchiligida “5000 qadam” aksiyasi doirasida piyoda yurildi. O‘tkazilgan aksiyada 1000dan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan bunday aksiyalar kelgusida ham davom ettiriladi va bu o‘z navbatida yosh avlodni sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI