Andijon Davlat
Universiteti
"Muxbir Daliyev" TELEGRAM KANALIDA E'LON QILINGAN MUROJAATGA RASMIY MUNOSABAT
2021-11-18    417

Bugun, 18-noyabr kuni “Muxbir Daliyev” telegram kanalida “Андижон Давлат университети докторантурасидаги "ўйинлар" ҳақида...” sarlavhasi ostida post e’lon qilindi.

Ushbu postda keltirilgan murojaat yuzasidan Andijon davlat universiteti quyidagilarni ma’lum qiladi:

Andijon davlat universitetida 2022-yil uchun tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarining ikkinchi turi ya’ni Chet tili fanidan imtihon joriy yilning 16-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Imtihonlar barcha talablar asosida tashkil etildi va o'tkazildi. Agar, talabgorlar imtihon natijalaridan qoniqish hosil qilmagan bo’lsa, natijalar e’lon qilingandan keyin 1 kun davomida appelyatsiya berish uchun ariza bilan murojaat qilishlari tushuntirildi. Imtihon natijalari taomilga ko‘ra 17-noyabr kuni universitetning rasmiy veb-sayti va telegram ijtimoiy tarmog’idagi rasmiy kanalida e’lon qilindi.

Bugun, 18-noyabr kuni 5 nafar talabgorlar appelyatsiya uchun ariza berdilar. Ularga arizalari rektor ishtirokida tushuntirildi. Amaldagi tartibga ko’ra, appelyatsiya komissiyasi universitet rektorining nazorati ostida murojaatchilarning arizalari ko‘rib chiqildi. Appelyatsiya jarayonida bevosita murojaatchilar ishtirok etdilar va uning natijalaridan e’tirozlari yo‘qligini bildirdilar.

Andijon davlat universiteti faoliyatiga oid har qanday masala yuzasidan OAV va blogerlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qiladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.