Bugun, 15-noyabr kuni “Muxbir Daliyev” telegram kanalida “Докторантурага кириш имтиҳонлари ҳақида.” sarlavhasi ostida kanal obunachisining murojaati e’lon qilindi.
Ushbu post yuzasidan Andijon davlat universiteti quyidagilarni ma’lum qiladi:
Andijon davlat universitetida 2022-yil uchun tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari ikki turdan iborat bo‘lib, 1-tur ya'ni mutaxassislik imtihonlari yakunlandi va natijalari universitet veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida e’lon qilindi.
Ikkinchi tur: chet tilidan imtihonlar 2021-yilning 16-noyabr kuni o‘tkazilishi belgilangan.
Postda ko'rsatilgan platformaga Chet tili fanidan imtihonlar og‘zaki, yozma va tarjima qilish shaklida o’tkazilishi belgilangan dastur joylashtirilgan.
Biroq, joriy yilning 28-oktabrda o‘tkazilgan universitet Kengashi yig’ilishida ushbu imtihon dasturlari va baholash mezonlari birma-bir muhokama qilingan va tegishli o’zgartirishlar bilan (shu jumladan, chet tili bo‘yicha dastur ham) tasdiqlangan. (Bunday qarorlar universitet Kengashi tomonidan qabul qilinadi.) Bunga sabab sifatida bu fan bo'yicha imtihonlarning og‘zaki, yozma va tarjima qilish shakllarida o'tkazilishi imtihon oluvchilar va talabgorlar ko‘p aloqada bo‘lishiga olib kelishi ko‘rsatilgan. Bu o‘zgarish imtihonlarda o‘zaro aloqa (kontakt) ni kamaytirishi, adolat va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilishi aytilgan.
Tasdiqlangan imtihon dasturlari va baholash mezonlari joriy yilning 1-noyabr kuni universitet rasmiy veb saytiga (https://adu.uz/uz/news/article/1645) hamda telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanaliga (https://t.me/adu_uz/13044, https://t.me/adu_uz/13047) joylashtirilgan.
Universitet ma’muriyati imtihon jarayoni rahbariyat, kuzatuv kameralari va eng asosiysi jamoatchilik nazoratida o‘tkazilishi hamda adolatli baholanishini kafolatlaydi. Bundan tashqari imtihonlarni o‘tkazish va baholash jarayoniga kanal adminini hamda boshqa OAV vakillarini taklif qiladi. Imtihonlar universitetning asosiy hududida joylashgan 1-4-ma'ruzalar zallarida 16-noyabr kuni 10:00 da boshlanadi.
Andijon davlat universiteti faoliyatiga oid har qanday masala yuzasidan OAV va blogerlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI