Korrupsiya – jahondagi har qanday davlatda fuqarolarning tinchligi va xotirjamligi, demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazuvchi, inson huquqlari buzilishiga olib keluvchi, iqtisodiy bozor munosabatlariga to‘sqinlik qiladigan o‘ta xavfli illatlardan biridir. Ushbu illatga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati muhim ahamiyatga ega. Xabaringiz bor, barcha tashkilot va muassasalarda korrupsiyaga qarshi kurash “Kompleans” nazorat tizimini boshqarish bo‘limlari tashkil etildi.
Joriy yilning 15-noyabr kuni Andijon davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurash “Kompleans” nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tashkil topgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish talaba yoshlar klubi” a’zolariga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari hamda talaba yoshlar ishtirok etdilar. Dastlab universitet rektori Akramjon Yuldashev so‘zga chiqib, barchani korrupsiyaga qarshi kurashishda hamkorlikka chaqirdi va aynan o‘tkazilayotgan tadbir ham ushbu maqsadda tashkil etilganligini ta’kidlab, klub a’zolari faoliyatiga omad tiladi.
Shuningdek, tadbir davomida universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurashda talaba-yoshlarning roli” mavzusida o‘tkazilgan rasmlar, videoroliklar hamda insholar tanlovlari g‘oliblari universitet rektori tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tanlovda g‘olib deb topilgan ijodiy ishlar hakamlar va mualliflar tomonidan izohlandi.
Iste’dodli xonandalar tomonidan kuylangan qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinkilik ulashdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI