Xabaringiz bor, 2021/2022-oʻquv yili uchun Andijon davlat universitetiga magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlarni belgilangan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul qilishga ruxsat berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ–5157-son qaroriga koʻra, magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul toʻlov-kontrakt miqdori Andijon davlat universiteti tomonidan quyidagicha belgilandi.
Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun – 18 906 000 mln so‘m (stipendiyasiz)
Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishi uchun – 18 084 000 mln so‘m (stipendiyasiz)
Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi talabni bajargan talabgorlar shartnomalarini olish uchun Andijon davlat universitetining marketing boʻlimiga murojaat qilishlari mumkin.
Toʻlov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishning oxirgi muddati 2021-yil 20-noyabr.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI