Andijon Davlat
Universiteti
AQSHNING MICHIGAN UNIVERSITETI PROFESSORI DUGLAS XARTMAN ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA
2021-11-05    513

AQShning Michigan universiteti professori Duglas Xartman Andijon davlat universitetining pedagogika instituti сhet tillar fakultetiga tashrif buyurdi.

Professorni iliq qarshi olgan universitet va fakultet rahbariyati mazkur uchrashuvni AQSHning Michigan davlat universiteti bilan hamkorlik sari qo‘yilgan dastlabki qadam deya ta’rifladi.

Ushrashuvda Andijon davlat universiteti tarixi, fakultetlar faoliyati, oliy ta’lim muassasasining hozirgi kundagi taraqqiyoti, xalqaro aloqalari, ilmiy sohadagi yangiliklari haqida ma’lumot berildi.

Shunigdek, Andijon davlat universitetining salohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi va AQSHning Michigan davlat universiteti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik masalalari universitetning istiqbolli rejalari qatoriga kiritildi.

Suhbat chog‘ida fakulteti dekani D.Rustamov tomonidan ikki oliygoh o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, qo‘shma ta'lim dasturlarini tashkil etish, talabalar akademik almashinuvlarini yo‘lga qo‘yish hamda professor-o‘qituvchilar bilan qo‘shma tadqiqotlar olib borish  takliflari bildirildi.

So‘ng Andijon davlat universitetining Chet tillar fakulteti Axborot-resurs markazida “Samarali hamkorlik o‘rnatish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda fakultet o‘qituvchilari va talabalari qatnashdilar. Professor Michigan davlat universitetidagi mavjud grant hamda loyihalar bilan tanishtirib o‘tdi. Seminar do‘stona muhitda olib borildi. Talabalar professorni ilm yo‘lidagi tajribalariga qiziqdilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.