Andijon Davlat
Universiteti
LATVIYANING TABIIY FANLAR VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
2021-11-03    2231

Andijon davlat universitetida ta’lim sohasida xalqaro aloqalar va universitetlararo hamkorlik munosabatlarini kengaytirish ishlari izchil amalga oshirilib kelinmoqda.

Bugun, 3-noyabr kuni Andijon davlat universitetiga ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatish maqsadida Latviyaning Tabiiy fanlar va texnologiyalari universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Mehmonlarni universitetimiz rektori Akramjon Yuldashev hamda o’quv ishlari bo’yicha prorektor Rustamjon Mullajonovlar kutib oldi. Mehmonlar dastavval universitetimiz talabalari tomonidan iliq kayfiyatda va o'zbekona urf-odatlar bilan qarshi olindi.

Shundan so‘ng, universitetning kichik majlislar zalida ikki oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida suhbat tashkil etildi.

Muzokaralar davomida dastlab Latviyaning Tabiiy fanlar va texnologiyalari universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektori Aigars Laizans so’z oldi hamda o‘z universitetini tanishtirdi. Bundan tashqari, janob Laizans ikki universitet o‘rtasida akademik va ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, 2+2 ko‘rinishidagi qo'shma ta'lim dasturlari tashkil etish va kelgusidagi hamkorlik aloqalarining asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha bir qator takliflarni bildirdi. Qo‘shma dastur doirasida o‘zbek talabalarining Latviyada tahsil olishi uchun barcha sharoitlarni yaratilishini aytib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Latviya qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Edvard Ratnieks ham Latviyadagi ta'lim va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Uchrashuvda Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti to‘g‘risida qisqacha videorolik ham namoyish etildi.

Muzokaralar yakunida Oziq-ovqat texnologiyalari bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma dastur yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi hamda ikki universitet o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kunning ikkinchi yarmida latviyalik delegatsiya vakillari universitet bo'ylab sayohat qildi va birinchi bo‘lib fizika-matematika fanlari doktori, professor Rayimjon Aliyev boshchiligidagi "Qayta tiklanuvchi energiya manbalari" ilmiy laboratoriyasi bilan tanishdi, kimyo va biologiya ilmiy va o‘quv laboratoriya xonalariga kirdi.

 

Mehmonlar universitetimiz huzurida tashkil etilgan "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga tashrif buyurdilar va O‘zbekiston tarixining xasratli sahifalari bilan bog'liq ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Mehmonlar Andijonning mehmondo‘st xalqidan mamnunligini, ikki universitet o'rtasida uzoq yillar hamkorlik saqlanib qolishi va hamkorlik aloqalarini izchil ravishda rivojlanishidan manfaatdor ekanliklarini izhor qildilar.

Tashrif buyurgan mehmonlarga universitet mamuriyati tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.