Andijon Davlat
Universiteti
VILOYAT HOKIMINING UNIVERSITETGA TASHRIFI
2021-11-02    772

Prezidentning “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq joriy oʻquv yilidan davlat oliy taʼlim muassasasiga to'lov-shartnoma asosida qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollarning 100 nafarini viloyat hokimliklari hamda moliyaviy barqaror davlat oliy taʼlim muassasalari hisobidan oʻqitish tartibi joriy etildi.

Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bugun, 2-noyabr kuni Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog'ida viloyatda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvda viloyatdagi OTMlarida tahsil olayotgan 100 nafar talaba-qizlarga 1 yillik shartnoma pullari to'lab berilishini ma'lum qildi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu talabalarning 30 nafari Andijon davlat universitetida, 12 nafari Andijon davlat universitetining pedagogika institutida ta'lim olib kelmoqdalar.

Talabalar va ularning oila a'zolari bu qarordan mamnun bo'ldi va uchrashuv jarayonida o'z minnatdorchiligini chuqur is'hor etdilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.