Andijon Davlat
Universiteti
“STARTUP” LOYIHALARI BOʻYICHA SEMINAR-TRENING BO’LIB O’TDI
2021-11-02    683

2021-yil 1-noyabr kuni Andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetida “Inkubatsiya va akseleratsiya” dasturi hamda “Studens Cup” tanlovi boʻyicha seminar-trening tashkil qilindi.

Seminar-treningda axborot texnologiyalari boʻyicha prorektor M.Maxkamov, IT park Start Up menejeri D.Shuxratov hamda fakultetda tahsil olayotgan iqtidorli startap loyihalarga qiziquvchan talabalar ishtirok etdilar.

Seminar-treningni axborot texnologiyalar boʻyicha prorektor M.Maxkamov ochib, bugungi seminar-treningdan maqsad yoshlarni axborot texnologiyalari sohasiga yanada qiziqtirish, IT sohasida faoliyat yuritgan holda, odamlarga oʻz innovatsion loyihalarini taqdim etib, jamiyatda boʻlayotgan muammolarni raqamlashtirish orqali oʻz dasturiy mahsulotlari, IT mahsulotlari yordamida yechimini topish ekanligini taʼkidladi. Talabalar dasturlash boʻyicha malakaga ega boʻlganingizdan soʻng doʻstlaringiz yoki hamkorlaringiz bilan biror gʻoyani amalga oshirishga kirishsangiz boʻladi. IT Park va universitet tomonidan koʻrsatiladigan yordam tufayli, talabalar oʻz gʻoyalari va loyihalarini amalga oshirishlari yoki ustoz, murabbiy va mutaxassislardan yordam soʻrashlari mumkinligini aytib oʻtdi.

 Talabalarga oʻzlarining gʻoyalarini loyihaga aylantirishlari uchun maslahat va koʻrsatma berish uchun IT park Start Up menejeri D.Shuxratovga soʻz berildi. D.Shuxratov ilmga chanqoq iqtidorli yoshlarni innovatsiya, startap, texnologiya, dasturlash boʻyicha bilimlarni oshirish, shuningdek, loyihalar ishlab chiqish hamda tijoratlashtirish koʻnikmalarini shakllantirishga eʼtibor qaratib, seminarda IT-Park tomonidan tashkil qilingan “Studens Cup“ tanlovi haqida hamda uning shartlari va ishtirok etish tartibi boʻyicha kerakli maʼlumotlarni berib oʻtdi. Talabalarning savollariga atroflicha javoblar berildi. Seminar-trening talabalarda yangicha fikrlash, oʻz loyihalarini tayyorlash ishlarini yanada jonlantirishga turtki boʻlganligini va bunday hamkorlik doimiy olib borilishi har tomonlama foydali boʻlganligi alohida taʼkidlab oʻtildi.

 

 

Madaminjon Mahkamov
Axborot texnologiyalar boʻyicha prorektori
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.