Joriy yilning 28-oktabr kuni Oliy ta'lim vaziri A.Toshqulov tomonidan o'tkazilgan yig'ilishning ijrosini ta'minlash maqsadida
Bugun, 29-oktabr kuni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev universitet hududida joylashgan oshxonalar va do'konlarni ko'zdan kechirish maqsadida bir qancha obyektlada bo’ldi va u yerdagi elektr toki va gazdan foydalanish tartibi va qay darajada xavfsiz ekanligini, universitet moliya va iqtisod ishlari bo'yicha prorektor va mas'ul xodimlar bilan birga nazorat qildilar.
O'tkazilgan tadbir davomida ishlatilishga yaroqsiz deb topilgan elektr jihozlari va simlari almashtirilishi kerakligi haqida mas'ul xodimlariga topshiriqlar berdi. Universitetni elektr bilan ta'minlab beruvchi xonalar talab darajasida emasligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Ochiq qolgan elektr jihozlari talabalar va xodimlar uchun xavf tug'dirish mumkinligi va bu holatlar tezda bartaraf etilishi kerakligini qat'iy nazorat qilishni aytdi.
Shu bilan birga talabalar turar joylariga borib talabalarni TTJga joylashtirish bo'yicha ketayotgan ishlar bilan tanishdi. Talabalar turar joyiga yangi o'rnatilayotgan ikki qavatli krovatlarning tezda o'rnatilishi va talabalarni yotoqxonaga joylashtirish masalasiga alohida ahamiyat berishni aytdi.
Bugungi bu islohotlarning barchasi, albatta, kelajak yosh avlodlar uchun. Bunday qulay va zamonaviy sharoitlarni yaratishga o'z hissasini qo'shayotgan va sitqidildan ishlayotgan barcha xodimlarga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI