Andijon Davlat
Universiteti
HAMKORLIK ISHLARI AMALDA
2021-10-25    2452

Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga hissa qoʻshadigan, zamonaviy talablarga javob beradigan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilgʻor texnologiyalar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallagan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 6.10.2020-yildagi “Axborot texnologiyalari sohasida taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4851-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda joriy yilning 25-oktabr kuni Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida yosh mutaxassislarning, talaba yoshlarning ilmiy faoliyatini takomillashtirish, talabalarning dasturlash mahoratini yanada oshirish, talabalarning ilm-fanga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirish hamda IT kompaniyalar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston hamda boshqa MDH mamlakatlariga buyurtma asosida dasturiy va raqamli mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, offlayn va onlayn formatida dasturlash sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bilan shugʻullanuvchi “Datamond” IT kompaniyasi dasturchilari Olimjon Gʻulomov, Murodillo Ismatov, Bahromjon Bozorboyev va Diyorbek Mamadaliyevlar ishtirokida mahorat darslari (master-klass) tashkil qilindi.



Tadbirni axborot texnologiyalar boʻyicha prorektor M.Mahkamov ochib, bugungi tadbirdan maqsad yoshlarni AKT sohasiga yanada qiziqtirish, ularning bu boradagi bilim va koʻnikmalarini oshirish, ijodiy rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, “Bir million dasturchi” loyihasi asosida talaba-yoshlarga axborot texnologiyalari va kompyuterda dasturlash asoslarining chuqur oʻrgatilishini tashkil etish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi doirasida aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan, shuningdek, ularni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish ekanligini taʼkidladi.

Dasturchilar tomonidan (master-klass) mahorat darslari taqdimotlar vositasida olib borildi. Mahorat darsi talabalar va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi, dasturchilar talabalarning savollariga atroflicha javoblar berdi. Mehmonlarning mahorat darslari talabalarda yangicha fikrlash, oʻz loyihalarini tayyorlash ishlarini yanada jonlantirishga turtki boʻlganligini va bunday hamkorlik doimiy olib borilishi har tomonlama foydali boʻlganligi alohida taʼkidlab oʻtildi.

MAXKAMOV MADAMINJON
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI BO'YICHA PROREKTOR
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.