Bugun, 22-oktabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida rektor hamda prorektorlar boshchiligida tyutorlar bilan ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvda dastlab universitet rektori Akramjon Yuldashev so‘z oldi va yangi tashkil qilingan tyutor lavozimi to‘g‘risida tushuncha berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha prorektor A. Hamroqulov hamda O’quv ishlari bo’yicha prorektor R.Mullajonov so‘zga chiqib yoshlar bilan ishlash, odob-axloq qoidalari va o’quv jarayonlari bo’yicha tushunchalar hamda kelgusi faoliyatida ish jarayonini qanday tashkil qilish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Yig'ilishda tyutorlik faoliyatini eng samarali usulda tartib bilan amalga oshirish hamda ularning talabalar bilan ishlash jarayonidagi munosabatlar masalasiga alohida e'tibor qaratildi.
Yangi tyutorlar o'z faoliyatidagi rejalar va maqsadlarini aytib o'tdi va biz bu rejalar amalda o'z aksini topishiga ishonamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI