Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR BO‘LIB O‘TDI
2021-10-21    734

Bugun, 21-oktabr o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yillik munosabati bilan Andijon davlat universitetining katta majilislar zalida filologiya fakulteti tomonidan "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

 

Tadbir noan'anaviy tarzda ko'tarinki kayfiyatda boshlandi.  Tilimizga davlat tili maqomi berilishi videolavha orqali namoyish etildi. Tadbirni universitetimiz rektori, professor Akramjon Yuldashev ochib berdi hamda o'zining bayram tabrigini is'hor etdi. Shundan so'ng filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi, dotsent B.Rahmonov "Til millatning millat sifatida taraqqiy etishiga kafolat timsolidir" mavzusida ma'ruza qildi.

Tadbir davomida filologiya fakultetining iste'dodli va iqtidorli talabalari o'zining she'r va qo'shiqlari bilan tadbirga o'zgacha shukuh bag'ishladi.

O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo’limi boshlig’I Xurshidaxon Vahobjon qizi ham nutq so'zladi hamda bugungi kunda ona tilimizga qaratilayotgan e'tibor haqida o'z fikrlarini bildirdi. Shu bilan birgalikda Yozuvchilar uyushmasi tomonidan universitetimizning Axborot - resurs markaziga kitoblar to’plamini sovg'a qilindi.

Universitetimiz talabalari o'zining raqslar guldastasi bilan tadbirga yanada ko'tarinki ruh bag'ishladi. Shundan so'ng filologiya fakulteti o'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti M.Saidxonov ham ona tilimizning 32 yillik bayrami munosabati bilan qutlab, "Tilni g'arblashtirish - g'ariblashtirish" mavzusida ma'ruza qildi. Sana munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda faol qatnashganlarga universitet maʼmuriyati tomonidan kitoblar jamlanmasi hamda tashakkurnomalar tantanali tarzda topshirildi.

Ushbu tadbir orqali ona tilimizga bo'lgan munosabat, uning qadr-qimmati va ahamiyati biz uchun yanada yuksaldi.

Barcha O'zbekiston fuqarolarini o'zbek tilining 32 yillik bayrami bilan chin dildan samimiy muborakbod etib qolamiz.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.