Andijon Davlat
Universiteti
AMERIKALIK TALABALAR BILAN O‘ZBEK TILIDA TARIX FAKULTETI TALABALARI VEBINAR TASHKIL QILDI
2021-10-21    130

Davlat tilining 32 yilligiga bag‘ishlanadi

Joriy yilning 19-oktabr kuni AQShning Indiana, Mechigan  universiteti talaba va aspirantlari va Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti talabalari ZOOM dasturi orqali uchrashuv muloqot tashkil etildi. Uchrashuvni hozirda AQShning Shimoliy Djorjiya universitetida malaka oshirayotgan Tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov tashkil etdi.

Muloqotni  Indiana universiteti katta o‘qituvchisi Malik Xadjayev  (M.Xadjayev Indina universitetida amerikaliklarga o‘zbek tilidan dars beradi) olib bordi. Eng quvonarlisi amerikalik talabalar Mett Xulsteyn, Albert Kavallaro, Jek Suzuka, Kezi Edgarianlar o‘zbek tilida  xuddi o‘z ona tiliday bemalol so‘zlaganlari menda katta ta’surot qoldirdi. Suhbat davomida amerkalik talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha biz bilan muloqot o‘tkazdilar. Biz ham amerikalik talabalarga o‘zimizni qiziqtirgan savollarni berdik. Uchrashuv juda qizg‘in bo‘lib o‘tdi. Amerikalik talabalar asosan o‘zbeklarni madaniy xayoti, universitetdagi talabalarni o‘qish jarayonlari bilan qiziqdilar. Biz ham Amerikada o‘qish jarayonlari, o‘zbek tilini ahamiyati kabi bir necha mavzularda suhbatlashdik. Amerikalik talabalar o‘zbek tilida biz esa ingliz tilida suhbat olib bordik. Bunda fakultetimiz dekani doimo bizni til o‘rganishga, darslarini ingliz tilida o‘tganliklari bizga qo‘l keldi.     

Bunday uchrashuvlar, ayniqsa amerkalik talabalarni o‘zbek tilida ravon so‘zlashlari o‘zbek tilini butun dunyoda qanday e’tibor berilayotganligini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. 21-okyatbr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Davlat tili bayrami kuniga ushbu uchrashuv munosib sovg‘a bo‘ldi desak yanglishmaymiz. Uchrashuvni tashkil qilib bergan fakultetimiz dekani Ravshanbek Rustambekovichga o‘z minatdorchiligimizni bildiramiz.

 

Sobirov Doniyorbek
Arxivshunoslik yo‘nalishi 4- bosqich talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan.