Joriy yilning 16-oktabr kuni Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasida "Hududlarning landashft ekologik holatini baholash va optimallashtirish, demografik jarayonlar rivojlanishi va ijtimoiy infrastruktural tizimini takomillashtirish" mavzusidagi mintaqaviy ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi.
Seminarda Farg'ona vodiysining barcha oliy ta'lim muassasalari, ya'ni Farg'ona davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Qo'qon davlat pedagogika instituti va Andijon davlat universiteti geografiya kafedrasi professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Ushbu ilmiy-amaliy seminarni Farg'ona vodiysi mintaqaviy seminar raisi, geografiya fanlari doktori, professor Y.I.Ahmadaliyev ochib berdi.
Seminar davomida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar tomonidan dissertatsiya ishlarining qizg'in muhokamasi bo'lib o'tdi hamda professor-o'qtuvchilar tomonidan savollar, tanqidiy fikrlar va maslahatlar berildi.
Seminarda "Farg'ona vodiysi viloyatlarida demografik jarayonlar rivojlanishining o'ziga xos hududiy xususiyatlari" mavzusi bilan Temirov Zokirjon Abdulvohidovich, "Andijon viloyati qishloq joylarida ijtimoiy infrastruktura tizimining hududiy tarkibini takomilashtirish" mavzusi bilan Atajonov Murodjon Mahmudovich, "Yer resurslarining landshaft-ekologik holatini baholash va uni takomillashtirish yo'llari (Namangan viloyati misolida) mavzusidagi bilan Alimdjanov Nozimjon Nimadjonovich, "Qo'qon vohasi landshftlarining ekologik optimallashtirish" mavzusidagi bilan Mirzahmedov Ismoiljon , "Janubiy Farg'ona landshftlarining iqlim va yer osti suvlari bilan o'zaro ta'siri ham ularning geoekologik tahlili " mavzusidagi bilan Qo'ziboyeva Ozodaxon Mahmudovnalar qatnashdilar.
Seminar yakunida ilmiy tadqiqotchilarga hamda talaba-yoshlarga kelgusida ustozlar tomonidan ilmiy ishlarni qanday olib borish bo'yicha kerakli maslahatlar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI